1

Namanganlik yigit to`yda qo`shnisini pichoqlab qo`ydi

Jinoyat 21.10.2020, 11:41
Namanganlik yigit to`yda qo`shnisini pichoqlab qo`ydi

Shu yil 18 oktyabr kuni soat 19:30 larda, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan fuqaro mahalladosh qo`shnisi bo`lgan 1995 yilda tug`ilgan fuqaro bilan ukasining uyida bo`lgan sunnat to`yida o`zaro gap talashib janjallashib qolganligi sababli yonida bo`lgan osh pichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan.  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar  bermoqda.

Natijada, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro qorin old devorini teshib o`tgan sanchilgan jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 oktyabr kuni O`z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1