1

Qoraqalpog`istondagi bojxona postida 228  million so`mlik kafolatlanmagan dori vositalari to`xtatib qolindi

Jinoyat 21.10.2020, 22:08
Qoraqalpog`istondagi bojxona postida 228  million so`mlik kafolatlanmagan dori vositalari to`xtatib qolindi

Qoraqalpog`istonda “DAF”ga yashirilgan 228  million so`mlik sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to`xtatib qolindi. 

Bojxona qo`mitasi qayd etishicha, xodimlar tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro R.M boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada taqdim etilgan hujjatlarda ko`rsatilmagan, avtotransport vositasi yukxonasidagi yuklar orasiga xufiyona tarzda yashirib qo`yilgan  umumiy qiymati 228 million so`mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari, parfyumeriya mahsulotlari va xo`jalik tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1