AsosiyJamiyat

Transport vazirligining bunday qaror qabul qilishga vakolati bormi?" "Yuksalish" rahbari yo`lovchilarning qo`lqopda bo`lishini talab qilinayotganini mantiqsizlik dedi

'Transport vazirligining bunday qaror qabul qilishga vakolati bormi?" "Yuksalish" rahbari yo`lovchilarning qo`lqopda bo`lishini talab qilinayotganini mantiqsizlik dedi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Transport vazirligi tomonidan O`zbekistonda joriy yilning 19 oktyabridan e`tiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yo`lovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qo`lqopda bo`lishlari majburiy qilib belgilandi. Talab jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab bo`ldi. Xususan, ushbu holatga «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov munosabat bildirdi. 

«Transport vazirligi tomonidan joriy etilgan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, marshrutka) xizmatidan foydalanganda yo`lovchilarning tibbiy qo`lqopda bo`lish tartibi jamoatchilik orasida bahslarga sabab bo`lmoqda.

Bizda ham ushbu qarorning mantiqiyligi va huquqiyligi yuzasidan ikkita asosiy shubha bor:

Birinchidan, jamoat transportida qo`lqop taqilishi haqida Maxsus komissiya qarori yoki biror yuridik hujjat yo`q. Transport vazirligining bunday qaror qabul qilishga vakolati bormi? Agar shunday hujjat bo`lsa, uni e`lon qilish kerak.

Ikkinchidan, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasidan saqlanishda qo`lqop taqib yurishni samarasiz, deb topgan. Jumladan, JSST saytida COVID-19 bo`yicha savol-javoblar bilan birga ma`lum bir tavsiyalar ham berib boriladi. Aynan qo`lqop taqish borasida quyidagi tavsiya mavjud:

Qo`lqop taqish samarali emas. Qo`lqoplarda virus to`planadi va inson agarda qo`lqop taqilgan qo`l bilan yuziga tegsa, ko`z yoki og`iz orqali virus yuqishi mumkin. Qo`llarni muntazam yuvish yoki spirt vositasida artib turish samaraliroq.

Qo`lqoplar tekinga tarqatilgani bilan ularni xarid qilish xarajatlari oxir-oqibat soliq to`lovchilarning hisobidan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan Transport vazirligi ushbu tartibni bekor qilishi va buning o`rniga fuqarolar bilan maslahatlashib, boshqa (qo`lni dezinfeksiya qilish uchun dispenserlarni o`rnatish kabi) himoya usullarini taklif qilishi kerak», – deyiladi Bobur Bekmurodov mulohazalаrida. 

Mavzuga doir:

"Bu aholining yuziga tushirilgan zo`r tarsaki bo`ldi" -- jurnalist komissiya a`zolariga aholiga qo`lqopni majburiy taqtirish qarori bo`yicha haqli savollarini qo`ydi

"Tekin narsa yo`q va bo`lmaydi." Tibbiyot qo`lqopining yo`lovchilarga tekinga tarqatilishi ham tanqidga uchradi

 

    Boshqa yangiliklar