AsosiyDunyo

Rossiyalik va amerikalik kosmonavtlar birga Erga qaytib keldi. Ular Qozog`istonga qo`ndi

'Rossiyalik va amerikalik kosmonavtlar birga Erga qaytib keldi. Ular Qozog`istonga qo`ndi'ning rasmi

Uch nafar kosmonavt Xalqaro kosmik stansiyasidan Erga qaytib keldi. Ular Qozog`istonning Jezqazg`an shahri yaqinidagi hududga muvaffaqiyatli qo`nishni amalga oshirishgan. Bu haqda Platforma yozmoqda. 

Ekipaj a`zolarining ikki nafari rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner, yana biri esa amerikalik Kris Kessididir.

"Paradoks. Ikki davlat Er yuzida joylashgan va tarixning ko`p davrlarida o`zaro chiqisha olmagan, raqib va dushman bo`lgan. Hozir ham buning elementlari yaqqol ko`zga tashlanyapti. Rossiya AQShda saylovlarga aralashgani haqidagi gap-so`zlar, yadro va boshqa super qurollar bo`yicha poyga, manfaatlar zonasidagi keskin kurash, neft va gaz narxlaridagi o`yinlar, sanksiyalar shular jumlasidandir.  

Fazoviy kengliklarda odamni ozgina bo`lsa ham quvontiradigan bir jihat bor. Okeanlar qozonidagi bu ikki qo`chqor kallasi o`rtasidagi adovat adoqsiz yulduzlarga yaqinlashganda vaznsizlik holatiga tushib qolgandek go`yo. To`g`ri, kimlardir bu boradagi qandaydir texnik iddaolarni ro`kach qilishlari mumkin. Kosmosdan tirik qaytgan insonlar hayoti oldida aslida bular muhokamaga arzimaydi.

Aks holda ikki mamlakat fuqarolari bir jamoa bo`lib, birgalikda, hamjihatlikda eson-omon ona sayyoramizga qaytishlari qiyin edi. Qani edi ayrim gigant, o`zidan "yulduz" yasab olgan siyosatchilarning ongu tafakkuri ham atmosferalarni yorib o`tib, ana shu samoviy insonlardan o`rnak olishni bilganida edi" deb yoziladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar