AsosiyDunyo

Trampning Buyuk Britaniya, Irlandiya hamda Xitoyda bank hisob raqamlari borligi ma`lum bo`ldi

'Trampning Buyuk Britaniya, Irlandiya hamda Xitoyda bank hisob raqamlari borligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

“New York Times” Donald Trampning Buyuk Britaniya va Irlandiya qatorida AQSh bilan savdo urushi olib borayotgan davlat – Xitoyda ham bank hisob raqami borligi haqida yozdi. Prezidentlik saylovi oldidan bu dahshatli angilik uning raqibiga qo`l kelishi mumkin. Chunki bir yil avval aynan Tramp Jo Baydenni Xitoy banki bilan aloqadorlikda ayblagan edi.

Trampning Xitoydagi hisob raqami hech bir moliyaviy hisobotda ko`rsatilmagan. Chunki u shaxsan o`z nomiga emas, balki uning mehmonxonalarni boshqarish kompaniyasi  – “Trump International Hotels Management LLC” uchun 2013 yilda ochilgan. Kompaniya 2015 yilgacha XXRda 188 ming 561 dollar miqdorida soliq to`lagan.

Nashrning qayd etishicha, soliq hujjatlarida chet eldagi hisob raqamlaridan qancha pul o`tganligi haqida batafsil ma`lumot berilmagan. Ammo soliq idorasi boshqa mamlakatlardan olingan daromad to`g`risida hisobot talab qiladi.

Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi hisob raqamlar Trampning Shotlandiya hamda Irlandiyadagi golf maydonchalarini boshqaradigan kompaniyasiga tegishli bo`lib, ular muntazam ravishda mazkur mamlakatlardan millionlab daromad olgani haqida hisobot berib turadi. “Trump International Hotels Management LLC” esa Xitoydan atigi bir necha ming dollar qozonilgani to`g`risida ma`lum qilgan xolos.

    Boshqa yangiliklar