O`zbekiston va Tojikiston rasmiylari Toshkent va Dushanbe o`rtasida muntazam parvozlarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda kun.uz «Aziya-Plyus»ga tayangan holda xabar bermoqda.
«Bugungi kunda aviaqatnovlarni tiklashning aniq sanasi va ikki davlat poytaxti o`rtasida parvozlar jadvali kelishib olinmoqda», - degan «Aziya-Plyus»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi.
Joriy yilning 16 mart kuni Toshkent va Dushanbe o`rtasida aviaqatnov to`xtatilgan edi.
Bundan tashqari, boshqa qo`shni davlatlar qatori O`zbekiston va Tojikiston o`z chegaralarini yopib qo`ydi.
O`zbekiston hukumati Tojikiston va dunyoning boshqa davlatlariga parvozlarni to`xtatib turish to`g`risidagi qarorni 15 mart kuni mamlakatda koronavirusning dastlabki holati aniqlanganligi sababli qabul qildi.






