Kataloniyaning “Barselona” hujumchisi Neymar Ispaniya prokuraturasi tomonidan firibgarlikda ayblanmoqda.
Huddi shunday ayblov futbolchining otasi va “Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga ham qo`yilgan.
Ya`ni, DIS sarmoya fondi vakillari Neymarning transferidan 40 foiz mablag` olishlari ko`zda tutilgan.
Sarmoya fondi tomonidan bildirilishicha, Neymarning "Barselona"ga qilingan transferidan faqat 17,1 million evro olingan xolos. Aslida Neymar 83,1 million evro evaziga “Barselona”ga ko`chib o`tgan. Raqamlar noto`g`ri ko`rsatilgan va DIS sarmoya fondiga kam mablag` berilgan.





