Xitoyning eng boy odamlari koronavirus pandemiyasi davrida 1.5 trillion AQSh dollari miqdorida foyda ko`rishdi. Bu so`nggi besh yildagi ko`rilgan daromadning barchasini qo`shib hisoblagandan ham yuqoriroq natija hisoblanadi. Chin yurtidagi boylarning pullari bu darajada tez ko`payganiga karantin mobaynidagi onlayn savdo va kompyuter o`yinlariga bo`lgan talabning o`sgani sabab bo`lgan.
Boylar ro`yxatini tuzgan Hurun Reportning xabariga ko`ra, 2020 yilning avgust oyiga qadar Xitoydagi milliarderlar soni 257 taga ko`paygan. Ayni paytda bu mamlakatdagi milliarderlarning umumiy soni 878 tani tashkil qilmoqda.
Xitoydagi boylar ro`yxatining birinchi o`rni yana Alibaba onlayn savdo platformasi asoschisi Jek Maga nasib qildi. Bu yili Jek Maning boyligi 45 foizga ko`paygan bo`lib, ayni paytda uning umumiy boyligi 58.8 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Jek Madan keying o`rin Poni Maga nasib qildi. Poni Maning boyligi 57.4 milliard dollarga teng bo`lib, u kompyuter o`yinlari qiroli hisoblanadi. Uning pullari pandemiya davrida 50 foizga ko`paygan.
Shuningdek, 66 yoshli Zong Shanshan 53.7 milliard dollar bilan ushbu ro`yxatning uchinchi o`rnida qayd etilgan. U Nongfu brendi ostida suv ishlab chiqaruvchi kompaniya egasidir.
“Dunyoda shu paytgacha bir yil ichida bunchalik ko`p boylik orttirilgani kuzatilmagan” deydi Hurun Reportning bosh tadqiqotchisi Rupert Hugeverf.






