Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 41 million 104 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 128 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 41 million 641 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 136 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 8,184 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (7,706 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,273 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,463 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Argentina (1,021 milliondan ortiq).






