1

Ijodkor yoshlar tomonidan "Qovun pishganda" debyut filmi suratga olindi

Madaniyat 23.10.2020, 13:25
Ijodkor yoshlar tomonidan "Qovun pishganda" debyut filmi suratga olindi

Ijodkor yoshlarning filmlari start oldi. Bu Haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

“O`zbekkino” Milliy agentligi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi”ning Kinoalmanax — “Debyut” bo`yicha saralab olingan loyihalardan “Qovun pishganda” filmi suratga olindi.

Filmning tasvirga olish ishlari Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida, xonadonda va qovun dalasida bo`lib o`tdi. 

“Qovun pishganda” filmi har yilgi kuz faslida qovun pishganida o`z tavallud kunini nishonlaydigan, shaharlik bolalarini intizor kutadigan onaizor haqida hikoya qiladi.  

Postanovkachi rejissyorlar Jamshid Narziqulov, Adhamjon Abdurahmonov, ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, operator Samijon Sunnatillaev, ikkinchi rejissyor Mahmud Guseynov, kartina direktori Ilhom Abdusalomov.  

Filmda Isamat Ergashev, Karim Mirxodiev, Egamberdi Rahimov kabi mahoratli aktyorlar o`ziga xos rollarni ijro etishgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1