AQSh oziq-ovqat va dori-darmon ma`muriyati remdevisirni mamlakatda koronavirusni davolash mumkin bo`lgan ilk dori vositasi sifatida ma`qulladi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Remdevisir asosan kasalxona parvarishiga muhtoj bo`lgan odamlarga beriladi.
Kaliforniyada joylashgan Gilead kompaniyasi remdevisirni Vekluri deb atagan. AQSh Milliy sog`liqni saqlash institutlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, Vekluri koronavirusga chalingan bemorlarning tuzalish muddatini tezlashtiradi. Uni qabul qilgan bemorlar 15 kun emas, balki, 10 kunda sog`ayib chiqmoqda.
AQShda remdevisir dori vositasi favqulodda vaziyat taqozosi bilan bahordan beri ishlatilinib kelinmoqda. Endi ushbu preparat Qo`shma Shtatlarda koronavirusni davolash uchun rasman tasdiqlangan ilk doriga aylandi.
Gileadning aytishicha, remdevisir yoshi 12 dan, vazni esa 40 kg dan kam bo`lmagan kasalxonadagi bemorlar uchun tavsiya etiladi.






