1

Jizzaxda 27 yoshli er xotinini kaltaklagach, uni himoya qilish uchun kelgan qaynog`asini pichoqladi

Jinoyat 24.10.2020, 08:52
Jizzaxda 27 yoshli er xotinini kaltaklagach, uni himoya qilish uchun kelgan qaynog`asini pichoqladi

Jizzaxda viloyati IIB zo`ravon fuqaroning qilmishlari haqida xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, G`allaorol tumani Ko`kgumbaz mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan Z.N. singlisini kuyovi haqoratlab, urganligini eshitgach, o`zini bosa olmaydi. Zo`ravon bilan gaplashib olish maqsadida tungi soat 22.00.lar atrofida qishloq chekkasidagi dala maydoniga chaqirdi.

Shu joyda qaynog`a G`allaorol tumani Ko`kgumbaz mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan kuyovi D.N.ning yoqasidan tutib, singlisini nima uchun azoblayotganini so`raganida D.N. yonidagi oshxona pichog`i bilan Z.N.ning qorniga uradi.

Oqibatda qayinog`a qorin bo`shlig`i old devor qismiga sanchilib, kesilgan jarohat bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizildi.

Qasddan badanga og`ir shikast etkazgan D.N.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni vaqt u hibsxonada, deyiladi xabarda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1