AsosiyDunyo

Biz Covid-19 kasalligi pandemiyasining juda muhim chorrahasida turibmiz — JSST kutilayotgan xavfni oshkor qildi

'Biz Covid-19 kasalligi pandemiyasining juda muhim chorrahasida turibmiz — JSST kutilayotgan xavfni oshkor qildi'ning rasmi

 Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti shimoliy yarimsharda joylashgan mamlakatlar «kritik bosqich»da turgani haqida ogohlantirdi.

«Biz Covid-19 kasalligi pandemiyasining juda muhim chorrahasida turibmiz, ayniqsa, shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy juda og`ir bo`ladi, ba`zi mamlakatlar xavfli traektoriyada turibdi», deya ogohlantirgan JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.  

JSST rahbari ko`plab davlatlarda kasallanish holatlari keskin oshishi kuzatilgani, bu esa yaqin vaqt ichida sog`liqni saqlash tizimidagi resurslarning tugab qolish xavfini yuzaga keltirishini aytib, dunyo mamlakatlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko`rishga va o`lim darajasi, kasallanish tezligi oshishining oldini olishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar