1

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi taxminan qachon tugashini aytdi

Dunyo 26.10.2020, 11:23
Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi taxminan qachon tugashini aytdi

Rossiyadagi epidemiologik vaziyat 2021 yil yozida barqarorlashadi. «RBK»ning yozishicha, bu fikrni «Parlamenskaya gazeta»ga bergan intervyusida Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazining yashirin infeksiyalar mikrobiologiyasi bo`limining sobiq rahbari, professor, virusolog Viktor Zuev bildirdi. Bu haqda daryo yozmoqda.

Mutaxassisning aytishicha, kelasi yilning iyul oyida virus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatning sezilarli darajada yaxshilanishini kuzatish mumkin.

«Pnevmotrop viruslar issiqlikdan qo`rqadi. Kasallikni kamaytirishga, shuningdek, niqob rejimini kuchaytirish va emlashlar yordam beradi», — deb hisoblaydi virusolog.

Bundan tashqari, Zuev Rossiyada koronavirusga chalinganlar sonining ortgani va virusning alomatlarsiz tashuvchilari soni ko`payganligini,  bu immunitetga ega qatlam ortishiga yordam berishini ta`kidlagan. Shuningdek, COVID-19 infeksiyasi mutasiyaga uchrashi mumkinligini ham bildirgan.

«Hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin. Uning keng tarqalishini hisobga olgan holda u o`zgarishlarga uchraydi. Qaysi tomongaligini aytish qiyin. Xayol qilmaslik kerak, lekin bunga doim tayyor turish lozim. Keyinchalik hech kim kutmagan vaziyatga tushib qolgandan ko`ra, yomon narsani gumon qilish yaxshiroq», — degan ekspert.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1