AsosiySalomatlik

Olimlar koronavirusning uzoq muddatli yangi asoratlaridan ogohlantirdi

'Olimlar koronavirusning uzoq muddatli yangi asoratlaridan ogohlantirdi'ning rasmi

Intellektual qobiliyatning yomonlashuvi koronavirusning uzoq muddatli asoratlaridan biriga aylanishi mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar medRxiv portalida e`lon qilindi.

Londondagi Imperial kolleji neyrofiziklari koronavirus bilan kasallangan 84 mingdan ortiq britaniyalik ustida tadqiqot o`tkazdi. Ular xotiraning mustahkamligi va kognitiv imkoniyatlarni sinash maqsadida onlayn-testdan o`tgan. Olingan natijalar Buyuk Britaniyaning istalgan fuqarosi o`zining intellektini tekshirishi mumkin bo`lgan Great British Intelligence Test loyihasi ma`lumotlari bilan solishtirilgan.

Natijalarni tahlil qilish davomida mutaxassislar yosh, jins, ta`lim darajasi, ish faoliyati va surunkali kasalliklar mavjudligi kabi omillarni hisobga olgan.

️Testning yakuniy natijalariga ko`ra, (https://daryo.uz/k/2020/10/25/olimlar-koronavirusning-uzoq-muddatli-yangi-asoratlaridan-ogohlantirdi/) COVID-19’ning og`ir shakli bilan og`rigan bemorlar aqliy salohiyat bo`yicha Buyuk Britaniyaning 65 foiz aholisidan ortda qolgan.

«O`tkazilgan tahlillar koronavirusdan sog`aygan insonlarda kognitiv va ijro etuvchi funksiyaning ko`p jihatlarida muammolar kuzatilishi to`g`risidagi gipotezaga isbot bo`la oladi», — deydi tadqiqot rahbari Adam Xempshir.

    Boshqa yangiliklar