AsosiySalomatlik

Varikoz koronavirus kasalligi og`ir kechishiga sabab bo`ladimi?

'Varikoz koronavirus kasalligi og`ir kechishiga sabab bo`ladimi?'ning rasmi

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. unda muhim savollarga batafsil javob berildi.

56 yoshdaman, vaznim 83 kg. Koronavirusda bu vazn xavfli emasmi?

 –Yoshingizga nisbatan vazn ko`rsatkichining me`yorini aniqlash uchun bo`y ko`rsatkichi ham muhim, bo`y va vazn solishtirma formula asosida hisoblab ko`rilsa, yoshingizga mos vaznni aniqlasa bo`ladi. Buning uchun, yashash joyingizdagi tibbiyot muassasasi shifokoriga uchrashing. Ular vazn va bo`yingizni o`lchab, so`ng ko`rsatkichlarni formula asosida yoshingizga mos tana-vazn indeksini aytishadi.

Yoshim 30 da, tug`ruqdan keyin oyoqlarimda varikoz kengaymalari qolgan, bu koronavirusning og`ir kechuviga sabab bo`lishi mumkinmi?  

Ha, albatta. Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi yurak qon-tomir tizimini shikastlashi, aynan qon quyulishini kuchaytirishi isbotlangan.

Sizda varikoz kasalligi, ya`ni qon quyulishi natijasida oyoqlar qon-tomirlarda tromblar to`planishi bilan venalarda qon oqimi buziladi, hattoki ba`zi og`ir darajalarida venalar to`liq faoliyati to`xtaydi. Bu esa, o`z o`rnida koronavirus kechishini og`irlashtirishi mumkin.

 Shu bois, siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Uning nazoratida, kliniko-laborator tekshiruvlardan o`tish va tor soha mutaxassislari, kardiolog, qon-tomir mutaxassislariga uchrashib kerakli muolajalarni olishingiz talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar