AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus sabab vafot etganlar soni 1 million 147 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda

'Dunyoda koronavirus sabab vafot etganlar soni  1 million 147 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 42 million 512 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 1 million 147 mingdan ziyod kishi vafot etgan.  Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 43 million 9 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 153 mingdan ortig`i vafot etgan. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 8,403 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (7,864 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,353 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,513 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Argentina (1,069 milliondan ortiq).

    Boshqa yangiliklar