1

Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Lutfullaevning 75 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan qutlov marosimini o`tkazdi

Madaniyat 26.10.2020, 17:19
Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Lutfullaevning 75 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan qutlov marosimini o`tkazdi

Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ustoz san`atkorni samimiy qutlab, o`zbek milliy qo`shiqchilik san`ati rivojiga qo`shgan hissasi va uni targ`ib qilishdagi xizmatlarini yodga oldi.  Bu haqda vazirlikning Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, Xayrulla Lutfullaev O`zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg`unboeva boshchiligidagi “Bahor” ansambli bilan 30 yil davomida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida gastrol safarida bo`lib, o`zbek san`atini targ`ib qilish, milliy-mumtoz qo`shiqchilik yo`nalishini rivojlantirish, uni yangi ijrolar bilan boyitish borasida samarali faoliyat olib borgan.

“-- Sizning bu xizmatlaringiz davlatimiz tomonidan yuksak e`tirof etilib, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist”, “O`zbekiston xalq artisti”, “Qoraqalpog`iston xalq artisti” unvonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, so`nggi yillarda “Mehnat shuhrati” ordeni hamda 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanishingiz xalq va davlat oldidagi mehnatlaringizning nihoyatda qadrli ekanligidan dalolatdir. Madaniyat va san`atimizni rivojlantirish yo`lidagi jo`shqin ijodiy izlanishlaringiz hamisha mana shunday yuksak e`tiroflarga sazovor bo`laversin!” – dedi  vazir. 

 

Xayrulla Lutfullaevning 300 ga yaqin qo`shiqlari O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi fondidan joy olgan. Sohada ilmiy faoliyat bilan ham shug`ullanib, bir qator kitoblar muallifi hamdir. O`z yo`nalishida dosent, professor unvonlariga sazovor bo`lgan. Hozirda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining “Milliy qo`shiqchilik” kafedrasida talabalarga mumtoz lirik qo`shiqchilik yo`llaridan saboq berib kelmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1