Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning ma`lum qilishicha, koronavirus infeksiyasi qon-tomirlarni jarohatlashi va shu kabi asoratlar qoldirishi tasdiqlangan. Koronavirus asoratida bosh miyada tromb hosil bo`lgan bo`lsa, bemorning holatini to`liq o`rganish kerak bo`ladi.
Bu o`ta xavfli bo`lib, to`satdan tromb qon-tomirlar yorilishini keltirib chiqarishi va bosh miyaga qon quyulishiga olib kelishi mumkin.
Shu bois bunday bemorlarga tez va kuchli harakatlar bajarish taqiqlanadi. Nevropatolog, kardiolog nazoratida bo`lib, tegishli tekshiruvlardan o`tish hamda davo choralarini olishlari zarur.