AsosiyDunyo

BMT uyushgan jinoiy tashkilotlar koronavirusga qarshi qalbaki dori-darmonlar va vaksinalar ishlab chiqarishda faollashganini aytmoqda

'BMT uyushgan jinoiy tashkilotlar koronavirusga qarshi qalbaki dori-darmonlar va vaksinalar ishlab chiqarishda faollashganini aytmoqda'ning rasmi

Shu sabab BMT  COVID-19 ga qarshi kurashda qalbaki dori-darmonlar va vaksinalardan ehtiyot bo`lishga chaqirdi. Bu haqda O`zA RIA Novostiga tayanib xabar berdi.

 BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi direktori Gada Valining ma`lum qilishicha, boshqarma hukumatlarni jinoiy tashkilotlarning qalbaki dori-darmon hamda vaksina ishlab chiqarishdagi xavfli roli haqida ogohlantirgan. Uning ta`kidlashicha, tibbiy preparatlarning etishmasligi bilan bog`liq vaziyat ularga juda qo`l keladi.

"Hukumat kasalxonalari va turli tashkilotlar talab katta bo`lgan himoya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy jihozlarni tezroq sotib olishga harakat qilishadi, bu katta tavakkal, jinoyatchilar aynan shu erda faollik ko`rsatadi. Bizning taxminimizcha, ular vaksina yaratish bilan bog`liq barcha jarayonda fallik ko`rsatishadi", - deya ogohlantirgan Vali.

    Boshqa yangiliklar