1

Tadqiqotlarga ko`ra, COVID-19 miyani 10 yilga qaritishi mumkin

Dunyo 27.10.2020, 15:23
Tadqiqotlarga ko`ra,  COVID-19 miyani 10 yilga qaritishi mumkin

Londondagi Qirollik kolleji tomonidan olib borilgan so`nggi tadqiqotlarga ko`ra, koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar uning aqliy faoliyatga etkazgan zararidan uzoq muddat azob chekishlari mumkin. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Eng yomon holatda COVID-19 dan sog`ayganlarning miyasi o`n yilga qarishi yoki aqliy koeffisient 8.5 balga kamayishi mumkin.

84 285 kishi qatnashgan ushbu ilmiy o`rganishlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki, koronavirusdan sog`ayib chiqqan odamlar bir necha hafta yoki oydan keyin o`zlarida xotiraning susayishi, aqliy faoliyatning xiralashuvi kabilar sodir bo`layotganini aytishgan. Bu esa koronavirusning inson miyasiga jiddiy zarar etkazishi haqidagi fikrlar to`g`ri ekanini ko`rsatmoqda.

Mazkur tadqiqotda qatnashganlar o`z miyalariga etgan zarar turli darajada bo`lganini aytishgan. Olimlar buni odamlarning koronavirusni og`ir yoki engil o`tkazganlariga bog`liq ekanini aytishmoqda. Masalan, koronavirusni juda qiyin o`tkazgan va reanimasiya bo`limida davolangan bemorlarning aqliy koeffisienti 8.5 balga kamaygan. Bu miyaning 10 yilga qarishi bilan tengdir. Lekin, koronavirusning asoratlari undan tuzalgan odamda qancha muddat saqlanib qolishi hali noma`lum.

Ushbu tadqiqot rahbari Adam Hampshirning aytishicha, COVID-19 ning engilroq shaklini boshidan o`tkazgan odamlarning aqliy faoliyatiga ham zarar etgan bo`lib, uyda davolangan bemorlarning aqliy koeffisienti 4.5 balga pasaygan. Bu miyaning yoshi 5 yilga kattalashganini bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1