1

Farg`onada fuqaro bolaning qo`lidagi 200 ming so`m pulni ochiqdan-ochiq tortib olib, qochib ketdi

Jinoyat 28.10.2020, 12:28
Farg`onada fuqaro bolaning qo`lidagi 200 ming so`m pulni ochiqdan-ochiq tortib olib, qochib ketdi

26 oktyabr kuni fuqaro X.X. Ma`rifat ko`chasida joylashgan o`yingohda voyaga etmagan S.S.ni qo`lida bo`lgan 200.000 so`m pullarini ochiqdan-ochiq tortib olib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib boilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1