1

Men qaror qildim va uni o`zgartirmayman — Habib Nurmagomedov

Sport 29.10.2020, 09:40
Men qaror qildim va uni o`zgartirmayman — Habib Nurmagomedov

Engil vazn toifasida UFS chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun faoliyatini tugatishga qaror qilganini tushuntirdi.

“Kimdir faoliyatimni davom ettirishimni xohlaydi. Kimdir mening qarorimni qo`llab-quvvatladi. Dana Uayt, albatta, jang qilishni davom ettirishimni istaydi, chunki bu moliyaviy jihatdan ancha foyda keltiradi. Mening keyingi janglarim juda ko`p pul uchun bo`lishi kerak edi. Ammo men qaror qildim va uni o`zgartirmayman, chunki hozir ketish uchun eng yaxshi vaqt deb hisoblayman.

Hamma ham eng yuqori cho`qqisiga chiqqanda ketish haqida qaror qabul qilolmaydi. Bunday holat deyarli kuzatimagan. Ammo men buni ertami-kechmi qilishim kerakligini bilardim. Men ushbu sport turida eng zo`r deb hisoblanishim uchun etarli darajada ishladim.

UFS meni vazn toifasidan qat`iy nazar eng yaxshi jangchilar reytingida birinchi o`ringa qo`ydi. Missiya amalga oshirildi, - dedi Habib.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1