Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste`mol qilsa bo`ladimi? Kunlik me`yor qancha? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi. — Tuzli ovqat mahsulotlarni me`yorida iste`mol qilsa bo`ladi, agar juda ham sho`r bo`lmasa. JSSTning kundalik iste`mol qilinishi kerak bo`lgan tuz miqdorini kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak deb belgilaydi. Agarda surunkali ravishda bu me`yordan ortiqcha tuz iste`mol qilinsa, inson organizmida yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa qon bosimining ko`tarilishiga ta`sir qilishi mumkin deb baholaydi. Bugungi kunda esa, koronavirus kasalligi qon bosimi yuqori bo`lgan yoki yurak qon-tomir kasalliklariga moyilligi bo`lgan shaxslarda og`irroq kechayotgani olimlar va shifokorlar tomonidan ta`kidlanib kelinmoqda. Shuning uchun, ortiqcha iste`mol qilingan tuz va uni surunkali ravishda iste`mol qilinishiga o`tilishi koronavirus kasalligini og`irroq kechuviga sabab bo`lishi mumkin. Ovqatlanish borasida, yangi mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar doim organizmga shifo sifatida ta`sir qiladi. Xa, bu o`rinda uni tayyorlash va saqlash qoidalariga ham rioya qilsangiz, organizmingizni sog`lom bo`lishini ta`minlaysiz va immun tizimini mustahkamlaysiz. |
29.10.2020 16:24
Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste`mol qilsa bo`ladimi? Kunlik me`yor qancha?
