AsosiySport

Futbolchilarimiz internetda faolmi?

O`zbek futbolchilari to`g`risida turli xil qiziqarli ma`lumotlarni berishda davom etamiz. Quyida charm to`p ustalarining internet tarmog`idagi faolliklariga nazar tashlaymiz. 

“Lokomotiv” jamoasi etakchisi Temur Kapadze asosan safarda bo`lgan vaqtlarda internetdan ko`p foydalanadi. U asosan futbol saytlari, feysbuk, intagramm, telegramm tarmoqlarini kuzatadi. Uyda esa buning aksini ko`rish mumkin. 

Server Jeparov ham mana shunday. Klub bilan safardagi yig`inlarda futbolchini internetdan topish mumkin. Qolgan vaqtlarda u unchalik faol emas. 

“Buxoro” yarim himoyachisi Aziz Ibragimov esa faol. Ibragimov asosan feysbuk, telegrammdan doimiy ravishda foydalanadi. Ba`zida uni kun davomida ham internetdan topib, suxbatlashish imkoniyatiga ega bo`lasiz. 

“Lokomotiv”ning umidli o`yinchisi Sanjar Shoahmedov internetdan juda kam foydalandi. Birorta ijtimoiy tarmoqda uni uchratmaysiz. U asosan futbolga ixtisoslashgan saytlarni kuzatadi. 

“Qo`qon-1912” bilan shartnoma tuzgan Alibobo Rahmatullaev ham internetning doimiy mijozidir. U feysbuk, telegramm, instagrammlarning foydalanuvchisi. 

“Al Jaish” yarim himoyachisi Sardor Rashidovning barcha tarmoqlarda profili bor. 

    Boshqa yangiliklar