“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida bo`lib o`tayotgan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari hamda yirik korxona-tashkilotlar xodimlari o`rtasida futbol bo`yicha «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida 3-o`rinni egallagan jamoa nomi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha yarim final uchrashuvida musobaqa g`olibligiga asosiy da`vogarlardan biri sifatida e`tirof etilayotgan O`zbekiston futbol assosiasiyasi jamoasi “Xalq banki”ga 3-0 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ygandi.
Yarim finalning yana bir uchrashuvida bunday musobaqalarda ilk marotaba qatnashayotgan Agrosanoat majmuida xizmatlar ko`rsatish markazi DUK jamoasi Davlat bojxona qo`mitasi ustidan 2-1 hisobida g`alabaga erishgan edi.
Kecha finalchilar nomi ma`lum bo`lgach, tabiiyki musobaqaning uchinchi o`rni uchun bahslashadigan jamoalar ham tayin edi. Bugun bo`lib o`tgan O`zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Davlat bojxona qo`mitasi o`rtasidagi uchrashuvda bojxonachilarning qo`li baland keldi - 1:4.
Ertaga, ya`ni 30 oktyabr kuni soat 16:00da “Milliy” stadionda “Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi”ning final uchrashuvi bo`lib o`tadi.