AsosiyDunyo

Ronaldu: "Koronavirus testlari yolg`on ma`lumot ko`rsatmoqda. Men soppa-sog`man!"

'Ronaldu: "Koronavirus testlari yolg`on ma`lumot ko`rsatmoqda. Men soppa-sog`man!"'ning rasmi

"Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali ham koronavirus bilan kasallangani haqida o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda UFF.uz xabar berdi.

"O`zimni yaxshi his qilmoqdaman, sog`lomman! Olg`a, "Yuventus"!", - deydi Ronaldu o`zining instagramdagi sahifasida.

Shundan keyin portugaliyalik futbolchi o`zining fikriga izoh qoldigan: "Koronavirusga topshiriladigan testlar yolg`on natija ko`rsatmoqda".

Ushbu testlar odamning to`qimalarida virusning bor yo`qligini aniqlaydi. Buning uchun tomoq va burundan namunalar olinadi.

Ronaldu koronavirusga chalinganidan keyin kamida uch marotaba test topshirdi va ularning hammasi ijobiy chiqqan. Buning oqibatida futbolchi "Barselona" jamoasiga qarshi o`yinni o`tkazib yubordi.

    Boshqa yangiliklar