Jon Hopkins universiteti olib borayotgan statistikadan ma`lum bo`lishicha, 29 oktyabrda AQShda koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilanib, 90 mingdan ortiq odamga COVID-19 tashxisi qo`yildi. Bu koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Payshanba kuni AQShda 91 295 kishining COVID-19 ni yuqtirib olgani aniqlangan. Bundan oldingi rekord o`tgan shanba kuni qayd etilgan va o`shanda 88 973 kishiga koronavirus tashxisi qo`yilgandi.
Virus eng ko`p tarqalgan mamlakat hisoblanuvchi Qo`shma Shtatlarda umumiy kasallanganlarning soni 8.94 million kishiga etdi. Bu mamlakatda oktyabr oyining o`rtalaridan boshlab virus tarqalishi yana avj oldi.
Shuningdek, AQShda o`tgan 24 soat davomida yana 1021 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bu bilan qurbonlarning umumiy soni 228 625 taga etdi.
Ayni paytda AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallab turibdi.