AsosiySalomatlik

Kishi virus bilan zararlangan niqobni taqib yursa, ko`p miqdorda virus yuqadimi?

'Kishi virus bilan zararlangan niqobni taqib yursa, ko`p miqdorda virus yuqadimi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova aholini qiziqtirgan ushbu savolga quyidagicha javob berdi: 

" -- Tibbiy niqobni taqishdan maqsad— havo-tomchi yo`li orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishining oldini olish. Bemor kishi niqobni kasallik manbasi bo`lmaslik uchun ham taqish kerak. Sog`lom insonlar esa kasallikdan o`zlarini muxofaza qilish uchun ham undan foydalanishlari zarur.  

️Niqob faqat foydalanish qoidalariga to`g`ri  rioya qilingandagina samarali bo`ladi. Buning uchun niqobni to`g`ri tanlash (maxsus matodan tayyorlanganligi, uy sharoitida kamida 6-8 qavatli dokadan), uni to`g`ri taqish (burun va og`izni to`liq yopishi), tez-tez almashtirib turish (har 2-3 soatda) zarur. Bemor niqobni xonada bir o`zi bo`lganda taqmasligi mumkin, biroq ushbu xonaga bemorni parvarishlovchi oila a`zolari kirganida albatta niqobda bo`lishi, xonada har 2 soatda namli tozalash  ishlari o`tkazilishi va  kuniga 3-4 mahal shamollatib, toza havo kelishini ta`minlash zarur. Mana shunda xonada virusning turli satx va yuzalarda o`tirib qolishini oldini olgan va xonada virus to`planishidan himoyalangan bo`lamiz.  

Bemorda kasallikning og`ir yoki  engil kechishi uning niqob taqishiga  emas, balki undagi mavjud surunkali kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining (noto`g`ri ovqatlanish, jismoniy nofaollik, zararli odatlarga berilganlik) mavjudligi sabab bo`lishi mumkin.  

Shuning uchun bemor albatta oilaning boshqa a`zolaridan alohidalanishi, kuniga kamida 3-4 litr iliq holdagi suyulik ichishi, kuniga 5-6 mahal ovqatlanishi (bunda asosiy e`tibor suyuq ovqatlar  va xom meva va sabzavotlarga qaratilishi lozim), holatiga ko`ra jismoniy faol bo`lishi, ayniqsa nafas mashqlarini bajarishi va to`g`ri parvarishlanishi juda zarur. Eng asosiysi — barcha davo muolajali faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq bajarilishi kerak," -- dedi  Barno Odilova. 

 

    Boshqa yangiliklar