O`zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda etakchiga aylandi. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha ikkinchi o`rinni Turkiya egallab turibdi. Jahon oltin kengashi (WGC) ma`lumotlariga ko`ra, yilning III choragida O`zbekiston oltin sotish bo`yicha etakchi o`rinni egalladi. Bu vaqt oralig`ida Markaziy bank 35 tonna oltin sotgan. Bundan avval, O`zbekiston iyul oyida oltin sotish bo`yicha mutlaq etakchiga aylangani haqida xabar bergan edik. Markaziy bank iyul oyining o`zidayoq 11,6 tonna miqdorda oltin sotdi. Shuningdek, O`zbekiston avgust oyida 2,5 mlrd AQSh dollaridan ziyod summaga oltin eksport qilgan. Buning natijasida, O`zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. |
30.10.2020 22:55
O`zbekiston oltin sotish bo`yicha yana etakchiga aylandi
