Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov nima sababdan Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganiga izoh berdi. "Otam vafot etganidan so`ng darhol jang qilishni taklif qilishdi, men bir qarorga kelishim kerak edi: yoki faoliyatimni yakunlashim yoki jang o`tkazib, shundan keyinga ketishim kerak edi. Ba`zi yaqinlarim faoliyatimni tugatganimdan norozi, lekin men ularga yana o`nta jang o`tkazgan taqdirimda ham baribir qachondir ketish vaqti etishini aytdim. 32, 34 yoki 35 yoshda. Bu men uchun juda qiyin qaror edi, chunki butun hayotim davomida qilgan ishimni qoldirishim qiyin vazifa. Odamlar buni tushunmaydi, lekin nimadir qilishga va oldinga harakatlanishda davom etamiz. Bilaman nafaqat Dog`istonda, balki Rossiya va butun dunyo bo`ylab juda ko`p muxlislarim bor. Jang oldidan meni tashvishga solgan mas`uliyat yuki juda og`ir edi, chunki og`ir jarohatlarim bor edi, besh kun davomida reanimasiyada yotdim."
| |
31.10.2020 18:24
Habib Nurmagomedov: Getjiga qarshi jang oldidan meni tashvishga solgan mas`uliyat yuki juda og`ir edi
