1

Soch ektirish qanchaga tushadi? Ekilgan sochlar to`kiladimi? Soch ektirish kimlarga mumkinmas?

Salomatlik 01.11.2020, 13:06
Soch ektirish qanchaga tushadi? Ekilgan  sochlar to`kiladimi?  Soch ektirish kimlarga mumkinmas?

Bugungi kunga kelib soch to`kilishi muammosi ancha ommalashib ketdi. Undan aziyat chekayotgan bemorlar ushbu muammodan qutulish uchun soch ekdiradi. Ho`sh, bu amaliyot qanchalik samarali. Soch ko`chirib o`tkazish bilan bog`liq savollarimizga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tekshirish markazi dermatovenerolog, trixolog Xojiakbar Nurmatov javob berdi.

—  Soch ektirishning o`rtacha narxlari  qancha?  

—  Bir dona graft narxi 5 ming so`m. Graftda 1 donadan 4 tagacha soch joylashadi.  Narx klinikalarda turlicha belgilangan.  

—   Soch to`kilishining yoshlar orasida ham  keng tarqalishiga sabab nima?  

— Haqiqattan mijozlar orasida 20 yoshli yigitlar ham uchraydi.  Tepakallik-yosharayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Sochning muddatidan oldin to`kilib qaytib chiqmasligi-irsiyatga, genetik moyillikka bog`liq. Ba`zi erkaklarda yosh bo`lishiga qaramay soch to`kilishini kuzatish mumkin. Suhbat davomida ma`lum bo`ladiki, dadasi yoki amakisida tepakallik kuzatilgan. Shuningdek, soch follikulalarining erkaklik gormonlariga chidamsizligi, stress ekologik omillar ham tepakallikka sabab bo`lishi mumkin. Kallik nasldan-naslga o`tadi.  

—   Qaysi kasb sohiblarining sochi tez to`kiladi va buning sababi nimada?

— Ko`p asabiylashadigan insonlarning sochi tez to`kiladi. Nerv sistemasining buzilishi ham soch tolalariga, erkaklik gormonlariga ta`sir qilmasdan qolmaydi. Ammo aynan mana shu kasb egalarining sog`chi to`kiladi deb aytib bo`lmaydi.

— Ekilgan soch qancha muddatga to`kilmasligiga kafolat bor?  

—Soch ekish amaliyotidan keyin bizni tavsiyalarimizga amal qilib, boshlang`ich muddatidan yaxshi o`tib olsa soch to`kilish holati kuzatilmaydi.  

—  Soch ekishga qarshi ko`rsatmalar bormi? Qaysi kasalliklarda mumkinmas?  

— Ayrim holatlarda soch ekish mumkin emas. Masalan, qon ivish tizimidagi kasalliklar, allergek reaksiyalar hamda qandli diabetning xavfli turlarida soch ekib bo`lmaydi. Qolaversa, 15 yoshdan kichik bolalarda ham bu amaliyotni qo`llash tavsiya etilmaydi. Soch ekish amaliyoti juda ham nozik ish va malakali mutaxassis bajarishini talab etadi. Agar soch ekishdan keyingi asoratlardan himoyalanishni istasangiz malakali mutaxassisni tanlang.

Ijtimoiy tarmoqlarda sochga mo`ljallangan imbirli niqoblarning savdosi avj oldi. O`zi umuman soch niqoblarini o`zida sinayotganlar qanday tavsiyalarga amal qilgani afzal?

— Imbirning foydali ne`mat ekanligi barchaga ayon. Undan tayyorlangan niqob agar asl holatda bo`lsa ishlatsa natijasi yaxshi bo`ladi. Zamonaviy tibbiyot bilan ishlasakda, mijozlarimizga tabiiy niqoblar tayyorlab sochga surishni tavsiya etamiz. Yuqorida aytganimdek barchaning organizmi bir xil emas, kimgadir giyoh bo`lib yoqqan ne`mat boshqaga aks ta`sir qilishi mumkin. Bu borada ham, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur.  

Sochlar to`kilmasligi uchun salbiy omillardan qochish kerak bo`ladi: nurlanishidan, nerv tolalari zaralanishidan, mikroelementlar etishmovchiligi, vitaminlar tanqisligi kabi holatlardan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1