Men koronavirusdan tuzaldim va o`zimni yaxshi his qilyapman. Qachon yana hid va ta`m bilishni boshlayman? /So`nggi vatda ko`pchilik tomonidan berilayotgan mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova javob berdi.
— Ba`zi bemorlarda hid va ta`m hissi juda tez qaytadi, ba`zilarda esa tuzalishdan bir necha oy o`tib ham qaytgani yo`q. Hid va ta`m bilish xususiyati qachon qaytishi borasida aniq javob yo`q, izohladi mutaxassis.






