Bu haqda xabar bergan Geosiyosat kanalining ma`lum qilishicha, cheklovlar barcha federal erlarda qo`llaniladi. Qisman lokdaun deganda barcha dam olish maskanlari, restoranlar, kafelar va ko`plab xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalarning yopilishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, fuqarolarga o`z uylaridan tashqaridagi ijtimoiy aloqalarni «mutlaq minimal darajada» cheklash bo`yicha ko`rsatma berildi.
Robert Kox instituti (RKI) ma`lumotlariga ko`ra, Germaniyada o`tgan kun davomida 12 097 kishi koronavirus bilan kasallangan. Kasallangan odamlarning umumiy soni 545 027 kishiga etdi.
Mamlakatda koronavirus 10 530 odamning hayotiga zomin bo`lgan.






