AsosiySport

Alibobo Rahmatullaev: “Qo`qon-1912” bilan bir yillik shartnoma tuzdim”

“Qo`qon-1912” jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni davom etmoqda.

Xususan qo`qonliklar iqtidorli yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev bilan bitim tuzdi. Rahmatullaev bu borada Darakchi.uz'ga o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

- Jamoaga klub bosh murabbiyi taklifi bilan kelib qo`shildim. Umuman olganda, meni yaxshi kutib olishdi. “Qo`qon-1912” bilan bir yillik shartnoma tuzdim. Jamoa yangi mavsum avvalida o`z oldiga yuqori o`rinlarni birini qo`ygan. Shu boisdan taklif qilishdi. Ishonamanki, yangi mavsumda ishlarimiz yaxshi chiqadi, - deydi Rahmatullaev. 

 

    Boshqa yangiliklar