1

Rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmi yana ikkita xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

Madaniyat 04.11.2020, 16:05
Rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmi yana  ikkita xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» (https://telegra.ph/Rangsiz-tushlar-11-04) filmi  joriy yil Hirotda bo`lib o`tadigan 6-xalqaro xotin-qizlar kinofestivali hamda Indoneziyada o`tkaziladigan XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF )da ishtirok etadi. Bu haqda «O`zbekkino»  Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

6-Xalqaro xotin-qizlar festivali tashkilotchilarining ma`lumotlariga ko`ra, tanlovda ishtirok etish uchun 123 dan ortiq mamlakatdan qariyb 3500 ariza kelib tushgan bo`lib, Ayub Shaxobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmi   maxsus namoyish  uchun tanlab olingan.

– Kinofestivalda ishtirok etish uchun berilgan arizalarning ko`pligi  tanlash jarayonini qiyinlashtirib yubordi. Butun dunyo kinematografistlari  tomonidan har yili  sinchiklab tanlanadigan nufuzli filmlar ro`yxatiga «Rangsiz tushlar» filmini kiritish  biz uchun katta  sharaf,  – deydi festival direktori Roya Sadat.

Rejissyorning ushbu filmi 25-29 noyabr kunlari Indoneziyada o`tkaziladigan  (Jogja-NETPAC Asian Film Festival) XV Osiyo filmlari kinofestivalida ham qatnashishi haqida aytib o`tildi. "Rangsiz tushlar" filmi ushbu  nufuzli festivalning "Osiyo istiqbollari" dasturiga kiritilgan.

"Rangsiz tushlar" filmi bugungacha  Anapa shahridagi "Kinoshok", Qozon shahridagi "Musulmon filmlari festivali",  "Fresko" (Armaniston) va "Lukaniya" (Italiya) kinofestivallarining asosiy dasturida qatnashgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1