1

Koronavirus: AQShda kunlik rekord yangilanib, 99 mingdan ortiq odamning kasallangani aniqlandi

Dunyo 05.11.2020, 15:32
Koronavirus: AQShda kunlik rekord yangilanib, 99 mingdan ortiq odamning kasallangani aniqlandi

Jon Hopkins universiteti olib borayotgan statistikaga ko`ra, AQShda o`tgan 24 soat ichida koronavirus bilan kasallanish bo`yicha rekord yangilandi va 99 mingdan ortiq odamga COVID-19 tashxisi qo`yildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Qo`shma Shtatlarda seshanba kuni soat 20:30 dan chorshanba kuni 20:30 gacha bo`lgan vaqt ichida 99660 kishining koronavirusga chalingani aniqlangan. Shuningdek,  yana 1112 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Ayni paytda AQSh dunyoda koronavirusdan eng ko`p zarar ko`rayotgan mamlakat bo`lib, bu erda hozirgacha 9.4 million kishi COVID-19 ga chalingan va ularning 233 mingtasi vafot etgan. Qo`shma Shtatlarda oktyabrning o`rtalaridan boshlab virus tarqalishi yana avj olishni boshladi va yangi rekodlar qayd etilmoqda. Ba`zi shtatlardagi tibbiyot sohasi rasmiylari kasalxonalarda bo`sh joy qolmaganini ma`lum qilishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1