1

Rossiya: «Armaniston va Ozarbayjon o`rtasidagi jangga O`rta Sharqdan 2000 jangari kelib qo`shilgan”

Dunyo 05.11.2020, 16:59
Rossiya: «Armaniston va Ozarbayjon o`rtasidagi jangga O`rta Sharqdan 2000 jangari kelib qo`shilgan”

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 4 noyabr kuni bergan bayonotiga ko`ra, ayni paytda Armaniston va Ozarbayjon o`rtasidagi yuz berayotgan urushda qatnashish uchun O`rta Sharqdan 2000 jangari etib kelgan. Hozirgi urush armanlar va ozarlar o`rtasida so`nggi 25 yil ichida bo`lib o`tgan eng qonli to`qnashuvga aylandi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

“Biz Tog`li Qorabog` mojarosi xalqaro urushga aylanib ketishini, unda O`rta Sharqdan kelgan jangarilar qatnashishini xohlamaymiz. Biz boshqa mamlakatlardan o`zlarining kuchlarini Tog`li Qorabog`ga jangarilar kirishini to`xtatishni qayta va qayta so`radik. Ayni paytda Tog`li Qorabog`da tashqaridan kelgan jangarilar soni 2000 ga yaqinlashmoqda” deydi Lavrov Kommersantga bergan intervyusida.

Shuningdek, Lavrovning qo`shimcha qilishicha, Rossiya ushbu mojaroning tugatilishi uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o`tgan haftada Erdo`g`an bilan bo`lgan telefon suhbatida Tog`li Qorabog` masalasini muhokama qilgan.

Tog`li Qorabog` aslida Ozarbayjonga tegishli hudud hisoblanadi. Lekin, bu er 1994 yildan beri armanlar tasarrufida bo`lib kelmoqda edi. Shu yilning 27 sentyabridan buyon arman va ozarlar urushida hozirgacha yuzlab, balki, minglab odamlar halok bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1