1

Germaniyada tarqalgan xavfli virus sabab parrandalar yo`q qilinmoqda

Dunyo 06.11.2020, 08:27
Germaniyada tarqalgan xavfli virus sabab parrandalar yo`q qilinmoqda

Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn eriga H5N8 parranda grippiga mansub xavfli virus hujum qildi. Bu haqda «Reuters» mabasiga asoslanib Xabar yozmoqda.

Mahalliy hukumatning xabariga ko`ra, qisqa fursat ichida birgina fermada sakkizta jo`ja nobud bo`lgan. Qolgan kasal qushlar aniqlanib, yo`q qilingani ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari, virus Germaniyaning yana bir eri — Quyi Saksoniya parrandachilik fabrikasida ham qayd etilgan. Niderlandiya ham shunga o`xshash muammoga duch keldi: qishloq xo`jaligi vazirligi 200 mingta tovuqni so`yishga buyruq berdi.

Bu yil parranda grippi o`chog`i Rossiyada ham aniqlandi. Avgustning boshlarida xonaki g`oz va yovvoyi o`rdaklarda H5N8 parranda grippi virusi qayd etilgan.

Yuqori patogen parranda grippi — qishloq xo`jaligi va yovvoyi parrandalarning o`tkir virusli kasalligi bo`lib, nafas hamda oshqozon-ichak yo`llarini zararlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1