AsosiySalomatlik

Koronavirus o`tkazgandan keyin yo`tal va o`pkada og`riq to`xtamayapti...

'Koronavirus o`tkazgandan keyin yo`tal va o`pkada og`riq to`xtamayapti...'ning rasmi

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda muhim savollarga javob berildi.

Savol: Koronavirusli pnevmoniyani yuqtirdim. O`pkamda 30% zararlanish bor. Xususiy klinikada davolanib, uyga chiqdim. Negadir yo`tal qolmayapti, orqa taraf o`pkada ham og`riq bor. Yana davolanishim kerakmi yoki vaqt o`tsa bu belgilar o`tib ketadimi? 4 mahal geparin, 2 mahal deksametazon, askorbin kislotasi, 2 mahal sefipim antibiotiklarini oldim.

— Siz koronavirus kasalligini o`rtacha og`irlikda o`tkazgansiz. Shu bois, shifoxonada davolanish tartibi belgilangan bo`lsa, siz o`zingiz tanlovingiz asosida xususiy klinikada davolangan bo`lsangiz kerak.

 Davolanish jarayonida olgan dori vositalaringizdan sizdagi holat sal og`irroq kechgan va yo`tal zo`rayishi, orada hansirash, shu bilan birga qon quyulishi ham kuzatilgan.  

Bugungi kundagi holatingiz kasallikdan qolgan qoldiq holat, ya`ni o`pka jarohatlanishi 30% dedingiz, bu holat 1 hafta davolanish bilan tuzalib ketmaydi. Aslida, biror a`zo jarohatlansa, uni qayta tiklanishi uchun ko`p muddat talab etiladi.

Shu bois, bunday holatlarda organizm tiklanib olguniga qadar shifokor nazoratida reabilitasiya muolajalarini, ya`ni tabiiy usullardan foydalangan holda organizm tiklanishiga yordam berish, fizioterapevtik muolajalar olish, kerak bo`lsa ko`shimcha giyohlar, vitaminlar va mikroelementlar qabul qilish, to`g`ri va sog`lom ovqatlanish, jismoniy faollikni sekin-asta ko`paytirish tavsiya etiladi. Bu borada siz uchun nafas mashqlarini kuniga 5-6 martadan bajarish juda ham yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar