Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Guanyuan shahrida yashovchi it mashinalar yurishdan to`xtamayotgan bir vaqtda, yo`l o`rtasida o`lik holda yotgan mushukni uyg`otishga urindi va uni sudrab, yo`l chetiga olib o`tdi. Bu haqda Daily Mail xabar beradi. Ma`lum qilinishicha, 28 oktyabr kuni Qora pantera laqabli it mashina mushukni urib yuborganini ko`rgan. Shundan keyin yo`l o`rtasida yotgan mushuk yoniga borib, panjalari bilan uni uyg`otishga harakat qilgan. Qimirlamaganidan keyin tishlari va old panjalari bilan o`lik mushukni yo`l chetiga sudrab olib o`tgan. Itning ushbu xatti-harakatlari aks etgan video voqeaga guvoh bo`lgan fuqaro tomonidan Tik Tok’ning xitoycha versiyasi Douyin’ga joylangan. Egasi itining ushbu xatti-harakati haqida tarmoqqa yuklangan videoni tomosha qilganidan keyingina bilgan. U o`sha payt iti o`zi bilan sayr qilib yurganini bildirib, videoni tomosha qilganidan keyin u bilan birga voqea joyiga borgani, ammo ko`cha tozalovchilar allaqachon mushukni ko`mib bo`lgani haqida xabar topganini qo`shimcha qilgan. It egasining aytishicha, voqea yuz berganidan beri Qora pantera har gal sayrga chiqqanida mushuk do`stini qidirishdan to`xtamagan. | |
07.11.2020 14:36
Xitoyda Qora pantera laqabli it yo`l o`rtasida o`lik holda yotgan mushukni sudrab, yo`l chetiga olib o`tdi (video)






