AsosiySport

La Liga. «Atletiko» javobsiz to`rtta gol urib g`alaba qozondi(video)

'La Liga. «Atletiko» javobsiz to`rtta gol urib g`alaba qozondi(video)'ning rasmi

Futbol bo`yicha Ispaniya La Ligasining 9-turida «Atletiko» 7 noyabr, shanba kuni «Kadis»ni mehmon qildi, deya yozmoqda "Daryo".

Uchrashuv debyutida Joau Feliks madridliklarning dastlabki golini urdi. 22-daqiqada Markos Lorente oradagi farqni oshirdi.

Madridliklar ikkinchi bo`lim boshida ham gol urishga muvaffaq bo`ldi: Feliksning uzatmasidan keyin Luis Suares hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Asosiy vaqtning so`nggi daqiqasida Feliks dublini nishonlagan holda yakuniy hisobni o`rnatdi — 4:0.

«Atletiko» ushbu g`alabadan keyin ochkolarini 17 taga etkazib oldi va birinchi o`ringa ko`tarildi. Diego Simeone jamoasida hali ikkita zaxira o`yini mavjud.

Xulen Lopetegi qo`l ostidagi «Sevilya» o`z uyida «Osasuna»ni qabul qildi. 59-daqiqada Lukas Okampos tomonidan urilgan gol sevilyaliklarga g`alaba olib keldi.

 

Boshqa yangiliklar