Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning aytishicha, yakshanba kuni Ozarbayjon harbiylari Tog`li Qorabog`dagi kattaligi bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi shahar Shushani qo`lga kiritdi. Ammo, Armaniston rasmiylari bu xabarni rad etgan. Bu haqda tarjumon.uz arabnews tayanib xabar bermoqda.
Armanlar tilida Shushi deyiluvchi ushbu shahar har ikki tomon uchun ham madaniy va strategik ahamiyatga egadir. Shushi Tog`li Qorabog`dagi eng yirik shahar Stepanakertdan 15 kilometr janubda joylashgan.
Ozarbayjon va Armaniston o`rtasida To`gli Qorabog` sabab yuzaga kelgan urush 27 sentyabrdan beri davom etmoqda. Hozirgacha mazkur mojaro sabab 1000 dan ortiq odam qurbon bo`ldi. Xalqaro qonunlarga ko`ra, Tog`li Qorabog` Ozarbayjonning hududi hisoblandi. Ammo, bu erdagi aholining ko`pchiligi armanlar bo`lib, ular Tog`li Qorabog` nazoratini o`z qo`llariga olishgan.






