AsosiySport

Duatlon bo`yicha professionallar o`rtasida O`zbekiston chempionlari aniqlandi

'Duatlon bo`yicha professionallar o`rtasida O`zbekiston chempionlari aniqlandi'ning rasmi

Bugun ertalabdan poytaxtimizdagi «Xalqlar do`stligi» maydoni sport, aniqrog`i yugurish va velosport ishqibozlari bilan gavjum bo`ldi. Sababi, bu erda sportning duatlon yo`nalishi bo`yicha professionallar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati  xabar berdi.

Duatlon bo`yicha O`zbekiston chempionatini o`tkazishdan ko`zlangan maqsad, yoshlar orasida sportning murakkab turlarini rivojlantirish, aholi orasida keng ommalashtirish hamda sog`lom turmush tarzini yanada faol targ`ib qilishdan iborat.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, O`zbekiston triatlon federasiyasi raisi Viktor Mahmudov, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni, general-mayor Rustam Jo`raev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o`rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda so`zga chiqqanlar ushbu musobaqa mamlakatimizda sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etish yo`lidagi ezgu sa`y-harakatlarning mantiqiy davomi bo`libgina qolmasdan, «Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta`minlashga ham xizmat qilishini alohida e`tirof etishdi.

Endi musobaqaga kelsak. Duatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati uchta yosh toifasida tashkil etildi: o`smirlar, ya`ni 14-17 yosh, 18-23 yosh hamda kattalar, ya`ni 24 yosh va undan yuqori yoshdagi sportchilar.

Ishtirokchilar quyidagi masofalarda g`oliblik uchun bahs olib borishdi:
• Birinchi bosqich, yugurish – 5 km.
• Ikkinchi bosqich, velosipedda poyga – 20 km.
• Uchinchi bosqich, yugurish – 2,5 km.

Musobaqada mamlakatimizning turli mintaqalari, jumladan Xorazm, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari, shuningdek, Samarqand, Namangan, Andijon va Qarshi shaharlaridan jami 88 nafar eng kuchli, ya`ni professional duatlonchilar O`zbekiston chempioni degan yuksak nomga sazovor bo`lish uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa g`oliblari bilan tanishing:
Erkaklar:
1. Aleksandr Reshetnikov (vaqti – 59:34)
2. Arslon Tursunov (59:43)
3. Kamron Xodjaev (1:00:11)

Ayollar:
1. Alina Xakimova (1:09:02)
2. Ekaterina Ryazanova (1:12:14)
3. Arina Mirzabekova (1:25:25)

Yosh toifalari bo`yicha g`oliblar:
O`smirlar (14-17 yosh)
1. Roman Kariev
2. Danila Schev
3. Diyorbek Komiljonov

Qizlar:
1. Arina Mirzabekova
2. Sevara Boboqulova
3. Malika Toshpo`latova

O`spirinlar (18-19 yosh)
1. Arslon Tursunov
2. Kamron Xodjaev
3. Qobiljon Muxammedov

Qizlar:
1. Ekaterina Ryazanova
2. Malika Hoshimova
3. Zulayxon Jumaboeva

U-23 (20-23 yosh)
Erkaklar:
1. Aleksandr Reshetnikov
2. Umid Alimov
3. Muhammadaziz Tursunboev

Ayollar:
1. Alina Xakimova
2. Oydina Ikromova
3. Gulnora Axmedova

Elite (23 yoshdan kattalar)
1.Doniyorxo`ja Hamroev
2. Dmitriy Zaysev


 

 

    Boshqa yangiliklar