AsosiyDunyo

Saudiya malikasining Parijdagi xonadonidan brilliant taqinchoqlari va mo`ynalarini o`marib ketishdi

'Saudiya malikasining Parijdagi xonadonidan brilliant taqinchoqlari va mo`ynalarini o`marib ketishdi'ning rasmi

Noma`lum shaxs tomonidan 47 yoshli Saudiya malikasining Parijdagi xonadonidan qiymati 600 ming evro bo`lgan qimmatbaho buyumlar o`g`irlab ketildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, har biri 10000 dollardan 35000 evrogacha bo`lgan 35 ta Hermes sumkalari xonadonidan g`oyib bo`ldi. Shuningdek, zargarlik buyumlari, shu jumladan, 80 ming evrolik Chartier soati va mo`ynali kiyimlari ham o`g`irlangan. Bu haqda "Korrespondent.net" nashriga tayanib Zamon xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, ta`tilga chiqqan Saudiya malikasi avgust oyidan buyon Fransiya janubida bo`lgan va faqat 5 noyabrda Parijga qaytib kelgan. Polisiya xonadonning buzilgan izlarini topmadi, lekin kalitlarning dublikati u erdan g`oyib bo`lgan. Shu sababli polsiya uning uyiga tashrif buyurgan malikaning tanishlaridan biridan gumon qilingan. U bir necha bor E-Bay kim oshdi savdosida qimmatbaho buyumlarni sotishni taklif qildi, ammo malika rad etgan.

    Boshqa yangiliklar