UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangidan oldin jiddiy jarohat olgani ma`lum bo`ldi.
Buni Xabibning o`zi so`zlab berdi:
"Dog`iston va Rossiyada meni qo`llab turuvchilar juda ko`pchilikni tashkil etadi. Jangdan avval jiddiy jarohat olgandim, shu sababli sentyabr oyining o`rtalari besh kun reanimasiyada bo`ldim. Keyin faoliyatimga qaytdim va mashg`ulotlarni davom ettirdim. Biroq bir haftadan so`ng esa barmog`imni ham sindirib oldim. Ammo ortga chekinishga va ruhan sinishga haqqim yo`q edi. O`sha vaqtlarda meni qo`llab turganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman",-dedi Xabib.






