1

Pandemiya sabab Sankt-Peterburgda mehnat bozori kasodga uchradi. Ish haqi oshirilgan ammo ishchi kuchi etishmayapti

Dunyo 08.11.2020, 20:42
Pandemiya sabab Sankt-Peterburgda mehnat bozori kasodga uchradi. Ish haqi oshirilgan ammo ishchi kuchi etishmayapti

Pandemiya Sankt-Peterburgdagi mehnat bozoriga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Uy-joy kommunal xizmatlari, umumiy ovqatlanish sohasidagi xodimlar va shaharda obodonlashtirish ishlari bilan shug`ullanuvchilarning asosiy qismini O`zbekiston va boshqa yaqin xorijiy mamlakatdan kelgan migrantlar tashkil etardi. Ammo taqiq va cheklovlar kiritilgan keyin ularning ko`pi vataniga qaytgan, yopiq chegaralar tufayli esa qaytib kela olishmayapti.

Taqiq va cheklovlardan eng ko`p jabr ko`rgan uchta soha umumiy ovqatlanish, mehmonxona biznesi va sayyohlik sohalari bo`ldi.  

Sputnik`ning hh.ru kompaniyasi marketing bo`limi va boshqa manbalarga tayanib bergan ma`lumotlariga ko`ra, oktyabr oyida bo`sh ish bozoridagi qulash sentyabr bilan taqqoslaganda turizm, restoran va mehmonxona sohalarida qayd etilgan – minus 7 foiz. Bu qisman epidemiologik vaziyat sabab joriy qilingan qator cheklov choralari hamda o`tgan davrda bu sohada xodimlarga bo`lgan oshgan talabga bog`liq.

Peterburglik restorator Mixail Feygelmanning so`zlariga ko`ra, pandemiyaga qadar uning xodimlarining 20 foizini O`zbekiston, Tojikiston, Belarus va Ukrainadan bo`lgan migrantlar tashkil qilgan.

“Bizda bu mamlakatlardan bo`lganlar nafaqat klining sohasida ishlardi, ular orasida ofisiantlar ham, ish boshqaruvchilar ham, xosteslar ham, oshpazlar ham bor edi. Hozir xodimlar etishmasligi juda katta, chunki bizning sohada ko`pchilik hukumat istalgan vaqtda kafe va restoranlarni yopib qo`yishidan qo`rqib ishlashni xohlashmaydi”, - deya tushuntirdi Feygelman.

U pandemiya boshlanishi bilan uning ko`plab xodimlari vatani O`zbekistonga ketib qolgani va endi esa ular qayta olmayotganliklarini qo`shimcha qildi.

Restorator ishonchliroq sohalarni – savdo-sotiq, qurilish yoki xavf kamroq bo`lgan sohalarni tanlayotganlarni tushunishini tan oladi. Biroq Markaziy Osiyodan bo`lgan ishchilarsiz uning ahvoli juda og`ir kechadi. Aynan shu bois u yangi muassasasini to`liq ravishda ocholmaydi. Qolaversa, restorator o`zining asosiy loyihasi uchun ishchi kuchi etishmasligiga duch kelmoqda.

Uning bu sohadagi hamkasbi, Peterburgdagi restoran tarmoqlaridan biri va fitnes markazning xo`jayini Aleksey Fursov o`zbekistonliklar unda asosan oshpaz va farrosh bo`lib mehnat qilishganini ta`kidladi.

“Ishchi kuchi etishmasligi bor. Xodimlar etishmasligi barcha sohalarda restorandan tortib qurilishgacha kuzatilmoqda. Afsuski, ular o`rnini rossiyaliklar bilan to`ldirib bo`lmayapti – mahalliy kadrlar ham etishmayapti”, - deydi ishbilarmon. 

Uylarni kim quradi?

Uy-joy kommunal xizmatlari, obodoshlantirish va qurilish sohasida ishlovchi kompaniyalar o`zlarini ishonganroq his qilishadi, lekin u erda ham muammolar mavjud. hh.ru marketing bo`limi ma`lumotlariga qaraganda, oktyabrda uy-joy kommunal xizmati sohasida, jumladan, muhandis, energetikachi, hisobchi, boshqaruvchi, huquqshunos hamda o`rta-maxsus yoki o`rta ma`lumotli muxatassislar chilangar, santexnik, dispetcher, traktorchi va bo`yoqchi va hokazolarga bo`lgan talab o`sgani kuzatilgan. Fevral oyidagi ko`rsatgichlarga qaraganda malakali kadrlar 7 foizga, ishchilar esa 30 foizga ko`proq talab qilinmoqda.

“Pandemiya avj olgan pallada, bozordagi boshqa aksariyat sohalarga o`xshab, bu sohada xodimlarga bo`lgan talabning pasaygani qayd etilgandi. Bugungi kunda bitta bo`sh ish o`rniga 4,3 ta rezyume to`g`ri kelyapti. Bu me`yoridan bir oz kamligi va umuman olganda kadrlar etishmasligidan dalolat beradi. Talabgorlar rezyumesida so`ralgan ish haqi 55 ming rubl, soha ish beruvchilari 50 ming taklif qilishmoqda”, - deya qayd etishdi kompaniya ekspertlari.

Sankt-Peterburgda yordamchi ishchilarga bo`lgan talab yoz oyida o`sa boshladi. Aprelda fevralga qaraganda pasayish 46 foizni tashkil etdi, ammo iyundan ijobiy tarafga o`zgardi va hozirgacha davom etmoqda.

Eng ko`p yuk tushiruvchi, yordamchi ishchilar va yuvuvchilar talab qilinmoqda. Ish ishlarga taklif qilinayotgan o`rtacha ish haqi 39 ming rubl, bir yil oldin 36 ming rubl edi.

Aleksandr, Sankt-Peterburgda obodoshlashtirish ishlari bilan shug`ullanuvchi tashkilotlardan birining rahbari Sputnik O`zbekiston bilan suhbatda uning kompaniyasida migrantlar o`rnini ozroq Rossiya fuqarolari bilan to`ldirish kuzatilganini ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, xorijliklarning ommaviy ketishidan keyin u kadrlar etishmasligi muammosiga duch kelgan.

Aleksandr oylik ko`proq bo`lishiga qaramasdan migrantlar orasida obodonlashtirish ishlaridagi qiyinligi sabab ishni tashlab ketish yoki intizomsizlari uchrab turishini ma`lum qildi. Ayrimlari bir kun ishga chiqib, keyin chiqmay qo`yadi. Shu bilan birga mahalliy ishchilar ham intizom jihatdan farq qilmaydi, shu bois ketgan migrantlarning o`rnini to`liq to`ldirib bo`lmaydi.

Bu muammolar tufayli u kunbay ish haqi to`lashga o`tgan. Bu ish beruvchiga ishonchsiz ishchilar bilan o`z vaqtida muammosiz xayrlashishiga imkon beradi.

“Barhayot” kurerlar

Pandemiyada yutib chiqqan yagona soha bu oziq-ovqat va boshqa tovarlarni eltib beruvchi soha bo`ldi desa ham bo`laveradi. Epidemiya sabab ko`pchilik o`zini yakkaladi, bu mahsulotlarni uyga onlayn buyurtma berishning o`sishiga olib keldi.

O`zbekistonlik migrantlar pandemiyaga qadar bu sohada rossiyalik yoshlar, ya`ni talabalar, turli texnikum o`quvchilari va maktab bitiruvchilari tomonidan raqobatga duch kelishgan edi. Buni Sputnik O`zbekiston agentligiga “Yandeks.Taksi” (“Yandeks.Eda”, “Yandeks.Lavka”) PR xizmati qisman tasdiqladi. Ular ularning kurerlar soniga o`quv yili va chaqiruv kampaniyasi jiddiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidlashdi.

“Bizda kurerlar ishlamaydi, biz o`zini o`zi band qilganlar va professional xizmatlar bilan hamkorlik qilamiz. Biz talab va taklif muvozanatini ushlab turibmiz, hozircha kadrlar etishmasligini sezmadik, lekin pandemiyaning mehnat bozoriga bosimini sezyapmiz”, - dedi kompaniya vakili.

O`z navbatida xodimlarni saralash bilan shug`ullanuvchilar Rossiyaning Shimoliy poytaxtida oktyabrda kurerlik bo`sh ish o`rinlari soni o`tgan yil oktyabriga qaraganda 18 foizga o`sganini ma`lum qilishdi. Chakana savdo va mehmonxona restoran biznesi sohasida jonlanish bo`lmoqda. Kurerlar hozir talab eng yuqori bo`lgan ishchilardir. Bu sohada ish haqi ham o`sishi kuzatilmoqda: bir yil ichida deyarli 10 ming rublga o`sdi.

Bunday sharoitlarda kurerlar ishi hech bo`lmaganda pandemiya va mehnat bozoridagi inqiroz yakunlanishiga qadar barqaror va serdaromadli bo`lib ko`rinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1