BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste`mol qilish, o`z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi. Bu haqda The National xabariga tayanib Gazeta.uz ma`lum qildi.
«BAAda 200 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi va ular o`z ehtiyojlarini qondirishga harakat qilishadi. Islohotlar ajrashish, vasiyat va mol-mulkni bo`lish, spirtli ichimliklar, o`z joniga qasd qilish va ayollarni himoya qilish to`g`risidagi qonunlarga ta`sir qiladi», — deyiladi xabarda.
Ajralish
Eng muhim voqealardan biri ajralish, bu turmush o`rtoqlarning alohida yashashi va nikoh buzilgan taqdirda mol-mulkni bo`lish bilan bog`liq. Agar er-xotin o`z mamlakatida turmush qurgan bo`lsa, lekin BAAda ajrashgan bo`lsa, nikoh qilingan mamlakatning qonunlari amal qiladi. Yangi qonunda qo`shma aktivlar va qo`shma hisob-kitoblar, shuningdek, ikki tomon o`rtasida kelishuv bo`lmasa, sud vositachilikka jalb etilishi mumkinligi qayd etilgan. Faqatgina BAAda sotib olingan ko`chmas mulk mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqariladi.
O`z joniga qasd qilish va o`z joniga qasd qilishga urinish
O`z joniga qasd qilish va o`z joniga qasd qilishga urinish holatlariga nisbatan jazo bekor qilindi. Shu paytgacha o`z joniga qasd qilishga urinib ko`rgan, ammo omon qolgan har bir kishi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin edi. Polisiya va sudlar bunday shaxslarga psixologik yordam ko`rsatadilar. Biroq, o`z joniga qasd qilishga yordam bergan har bir kishi muddatsiz qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Ayollarni ta`qib qilish
Ayollar huquqlarini himoya qilish bo`yicha qator o`zgartirishlar kiritildi. Oldinroq erkak qarindoshi «sharafni himoya qilish» bahonasida ayol qarindoshiga tajovuz qilgani uchun engilroq jazo olishi mumkin bo`lgan. Endilikda, bunday hodisalar boshqa jinoyatlar kabi ko`rib chiqiladi. Har qanday turdagi ayollarni bezovta qiladigan erkaklar uchun qattiqroq jazo choralari qo`llaniladi.
Spirtli ichimliklarni iste`mol qilish
Spirtli ichimliklarni iste`mol qilganlar endi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ruxsat berilgan joylarda spirtli ichimliklar lisenziyasiz ichgan, spirtli ichimliklar saqlaydigan yoki alkogolli ichimliklar sotadigan kishi jazolanmaydi.
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlariga ko`ra, spirtli ichimliklarni iste`mol qiluvchi shaxs kamida 21 yoshda bo`lishi kerak. Voyaga etmaganlarga spirtli ichimliklarni sotishda qo`lga olingan har bir kishi jazolanadi.
Nikohlanmagan juftliklar uchun birgalikda yashash
Birinchi marta qonun nikohsiz juftliklarga qonuniy ravishda birgalikda yashashga imkon beradi. Shu paytgacha turmush qurmagan er-xotin yoki hatto qarindoshligi bo`lmagan xonadoshlar uchun BAAda bitta uyda yashash noqonuniy edi.
Ta`kidlanishicha, amaldagi qonunlarga kiritilgan o`zgartirishlar va yangi qonunlarning kiritilishi muhim shaxsiy va fuqarolik qonunlarini tartibga solishga qaratilgan bo`lib, amirlik fuqarosi bo`lmaganlarga shaxsiy hayotlarini o`z mamlakatlari qonunlariga muvofiq olib borish imkoniyatini beradi.






