AsosiySport

Sirdaryoda rahbarlarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o`tkaziladi

'Sirdaryoda rahbarlarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o`tkaziladi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida Prezidentimizning sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish bo`yicha qabul qilgan farmon va qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida sektor rahbarlari, viloyat, tuman, shahar hokimining o`rinbosarlari, viloyat korxona va tashkilot rahbarlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi bo`yicha musoboqalar o`tkaziladi.

Viloyat hokimi bu borada tegishli farmoyish qabul qilgan. Unga ko`ra, rahbarlari o`rtasida “Sport targ`ibotchisi” va “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida sport musobaqalari tashkil etiladi.

Dastlab rahbarlarning jismoniy ko`rigi yuzasidan quyi bosqich sinovlari o`tkaziladi. Ularni tajribali murobbiylar nazorat qiladi. Sportning engil atletika turi bo`yicha turnikka tortilish, 100, 200 metr va 1 kilometr masofaga yugurish, chalqancha yotgan holda gavdani ko`tarish (press), polga tayangan holda qo`llarni bukib yozish, 2,5 kilometr masofani velosipedda bosib o`tish bellashuvlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, rahbarlardan iborat 10 kishilik jamoalar mini-futbol musobaqasida bellashadi.

Viloyat hokimining farmoyishiga ko`ra ushbu, rahbar kadrlarning o`ziga xos bellashuvlari Guliston shahridagi sport inshootlarida joriy yilning 5-6 dekabr kunlari o`tkazilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar