AsosiySport

Xabib va Getji o`rtasidagi jang kelishilganmidi?

'Xabib va Getji o`rtasidagi jang kelishilganmidi?'ning rasmi

Aralash janglar ustasi Oleg Taktarov 24 oktyabr kuni o`tkazilgan Xabib va Getji jangi kelishilganligi haqida gapirdi. Bu haqda chempionat.com manbasiga tayanib olamsport yozdi.

Taktarov Xabib va Getjining menejeri bitta inson, ya`ni Ali Abdelaziz ekanligini ta`kidladi. 

Uning so`zlariga ko`ra unga UFC 6 dagi kelishilgan jangi haqida gapirishni to`xtatishgan. O`shanda Taktarov Entoni Masias bilan jang qilgan edi. Masias keyinchalik menejeri uni mag`lub bo`lishga majbur qilganini aytgandi. O`shanda ham ikki jangchining menejeri bir kishi bo`lgan edi. 

"Hozirda hech kim Xabib va Getji jangini eslamayapti. Bu jang kelishilgan edi. Lekin, menimcha bu normal holat. Agarda imkoniyat bo`lsa, ko`proq pul ishlab olgan yaxshi, albatta. 

Menga ma`qul kelgan tarafi shundaki, u og`riqli emas, shunchaki bo`g`ish uslubi bilan jangni yakunladi.  

Shu tariqa Xabib o`z faoliyatiga yakun yasadi, sog`lig`i ham joyida. Shu bilan birga juda ko`p pul ishladi. Men Xabib uchun xursandman. 

Yaxshi tarafi shuki, bu jangdan so`ng menga o`sha kelishilgan jangim haqida yozishni ham to`xtatishdi", – dedi Oleg Taktarov.

    Boshqa yangiliklar